Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amudaryo va Xo‘jayli tumanlarida yangi markaz ish boshladi

Amudaryo va Xo‘jayli tumanlarida yangi markaz ish boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida hududlarda yordamga muhtoj bo‘lgan og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga manzilli yordam ko‘rsatish choralari belgilangan. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Respublikamizning tumanlarda «Ayollar ijtimoiy moslashuv maslahat markazi» tashkil etilishi rejalashtirilgan edi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo va Xo‘jayli tumanlarida «Ayollar ijtimoiy moslashuv maslahat markazi»ning ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zuhra Ibragimova, bir qator hamkor tashkilotlar rahbarlari, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislar, tumandagi hoji onalar, «Qaynonalar kengashi» raislari ishtirok etishdi.

Tumanlarda «Ayollar ijtimoiy moslashuv maslahat markazi» tuman hokimligi binosiga yaqin joyda, «Oila» ilmiy amaliy tadqiqot markazi va Xalq qabulxonasi bilan bir binolarga joylashtirildi. Bunda markaz faoliyatini tuman hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi tomonidan nazoratga olish,  «Oila» markazi va Xalq qabulxonasi yordamida ayollar muammolarini tezkor hal etish imkoniyati yanada kengayadi.

Markaz faoliyatiga kerakli mutaxassislar jalb etildi. Markazning faoliyat uchun kerakli bo‘lgan xona va jihozlar bilan ta’minlandi. Jumladan, ayollar va bolali ayollar uchun alohida xonalar, bolalar xonasi, oshxona, yuvinish xonasi barcha jihozlar bilan foydalanishga topshirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring