Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda e’tiborsizlik oqibatida kelib chiqqan yong‘in tufayli bir yoshli chaqaloq halok bo‘ldi

Andijonda e’tiborsizlik oqibatida kelib chiqqan yong‘in tufayli bir yoshli chaqaloq halok bo‘ldi

Kecha, 21-fevral kuni soat 17.16larda Andijon viloyatining Marhamat tumanida yashovchi fuqaro M.Mamarahimovaning uyida ehtiyotsizlik oqibatida yong‘in kelib chiqdi.

IIV xabarida aytilishicha, M.Mamarahimovning kelini I.Murotova elektr isitish pechi ustida qaynab turgan temir choynak ichiga gazolin suyuqligini suv deb o‘ylab quyib yuborgan. Natijada xonadagi 5 l. yelim idishda saqlanayotgan gazolin suyuqligidan sizib chiqib, xonaga to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in oqibatida uyning 25 kv.m. maydonida tomi, shifti va uy jihozlari yonib, zarar ko‘rgan. Yong‘in o‘chirish vaqtida I.Murotovaning 2017-yilda tug‘ilgan o‘g‘li kuyish jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan. M.Mamarahimova bilan birga yashovchi 2011-yilda tug‘ilgan qizi va kelini I.Murotovalar kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring