Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda «Har bir oila tadbirkor» dasturi uchun 200 million dollar ajratiladi

Andijonda «Har bir oila tadbirkor» dasturi uchun 200 million dollar ajratiladi

Foto: «Xabar.uz»

Davlatimiz rahbarining «Har bir oila – tadbirkor» dasturini amalga oshirish to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekkani haqida xabar bergan edik.

Qarorga muvofiq, mazkur dastur birinchi bo‘lib Andijon viloyatida boshlanadi. Shu yilning 10 iyunidan boshlab namunaviy tarzda viloyatning tuman va shaharlarida «Har bir oila – tadbirkor» hududiy dasturi amalga oshiriladi.

Hududiy dasturda ko‘zda tutilgan vazifalarni moliyaviy ta’minlash maqsadlariga O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan jalb qilinadigan xorijiy moliya institutlari kredit liniyalaridan 200 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar ajratiladi. Dastur koordinatorlari mazkur mablag‘larni tumanlar (shaharlar) salohiyati, kelib tushgan murojaatlarning asoslanganligi, shakllantirilgan loyihalarning istiqboli va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilganligi hamda haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda Andijon viloyati tijorat banklari va tumanlar (shaharlar) kesimida taqsimlaydi hamda ularga zarur hollarda qayta taqsimlash vakolati beriladi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki zimmasiga ushbu kredit mablag‘larini dastur koordinatorlari taqsimotiga asosan Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi tijorat banklariga yillik 3 foiz to‘lov sharti bilan qayta moliyalashtirish vazifasi yuklatildi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring