Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonlik fuqaroga elektrdan 17 million so‘m noreal qarzdorlik yozildi

Andijonlik fuqaroga elektrdan 17 million so‘m noreal qarzdorlik yozildi

Foto: «bahsnews.uz»

Andijon tuman Bo‘taqara qishlog‘i Dehqon maxallasi Ilg‘or ko‘chasida yashovchi fuqaro Ismanov Zokirjon joriy yilning 9 fevral kuni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoni orqali Andijon tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan iste’molchiga 5814000 (besh million sakkiz yuz o‘n to‘rt ming) so‘m noreal qarzdorlikdan norozi bo‘lib murojaat qilgan.

Ammo tekshirishlar jarayonida unga 5,8 million emas, balki 17 million noreal qarzdorlik yozilgani ma’lum bo‘ldi.

Zokirjon Ismanovning arizasida ko‘rsatilgan holat bo‘yicha o‘rganishlar jarayonida hisoblagich ko‘rsatgichi bo‘yicha 2015 yildan boshlab 2018 yilning 12 fevral kuniga qadar 904 ming so‘m to‘lashi kerak bo‘lgan. Unga esa nazorat qilgan kun ko‘rsatgichni kiritish vaqtida xatolikka yo‘l qo‘yish sababli ortiqcha 17,3 million so‘m qarzdorlik kelib chiqqan.

2018 yil 15 fevralda jamiyat a’zolari tuman Majburiy ijro byurosiga ushbu xonadonni noreal qarzdorligini qayta xatlov o‘tkazish so‘ralgan. 27 fevral kuni qayta xatlov o‘tkazildi va xatlovga  ko‘ra Ismanov Zokirjon xonadonidagi hisoblagich uskunasini ko‘rsatgichi bo‘yicha iste’molchi foydasiga hal qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring