Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonlik pensionerning majburiy sotilgan lotereya bo‘yicha shikoyati qanoatlantirildi

Andijonlik pensionerning majburiy sotilgan lotereya bo‘yicha shikoyati qanoatlantirildi

Foto: «Nuz.uz»

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi fuqaro E.Egamberdiyev tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, AT «Xalq banki» Qo‘rg‘ontepa filiali xodimlari tomonidan fuqarolarning pensiya pullarini tarqatish jarayonida majburan lotereya tarqatilayotgani, uning puli pensiya hisobidan olib qolinayotganini ma’lum qilgan. Bu haqda «Xabar.uz»ga O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Murojaat bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida haqiqatan ham ariza muallifi E.Egamberdiyevga to‘lov vedomostiga ko‘ra 380 ming 995 so‘m 75 tiyin pensiya berish o‘rniga, 371 ming 995 so‘m 75 tiyin berilib, qolgan 9000 so‘m o‘rniga har biri 3000 so‘mdan bo‘lgan 3 dona lotereya qo‘shib berilgani aniqlandi. Vaholanki, fuqaro E.Egamberdiyevning hech qanaqa lotereya olish istagi bo‘lmagan.

Yuqoridagi holatda bank xodimlari tomonidan «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 4-moddasida ko‘rsatilgan iste’molchining asosiy huquqlaridan biri, ya’ni tovar yoki xizmatlarni erkin tanlash huquqi hamda tovarlar sotish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida boshqa tovar (xizmat)ni majburiy o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi hamda qonunning 21-moddasi ikkinchi xatboshisida belgilangan  sotuvchi (ijrochi) iste’molchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga haqli emasligi to‘g‘risidagi qoidalar buzilgani ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish yakunida, bank xodimlariga va iste’molchiga soxaga oid huquq va majburiyatlari tushintirildi hamda ariza muallifining manfaatlari tiklandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring