Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonlik tabib faoliyati bo‘yicha Bosh prokuratura axborot berdi

Andijonlik tabib faoliyati bo‘yicha Bosh prokuratura axborot berdi

Foto: «Kun.uz»

Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan 2019-yil 19-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilingan tabib X.I.ning faoliyatini o‘rganish harakatlari olib borildi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Fuqaro X.I. Shahrixon shahar «Navro‘z» MFY, Hurriyat ko‘chasida tabiblik faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan.

Uning xonadoniga kuniga 300-400 nafar fuqarolar, asosan Shahrixon tumani, qo‘shni tuman-shaharlar, viloyatlar va xatto qo‘shni Respublikalarda yashovchi fuqarolar kelib ketgan. Tashrif buyurayotgan fuqarolarning aksariyatini yurak-qon tomir, endokrin tizimi va boshqa og‘ir kasalliklar bo‘yicha murojaat qilayotganlar tashkil qilgan.

Xalq tabobati sohasidagi qonunchilikda belgilangan talablar, xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarning huquqiy maqomi va ular tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar oqibati uchun javobgarlik belgilanganganligi to‘g‘risida Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan 28.11.2018-yilda X.I.ga tushuntirish berish bilan birga, litsenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullangan taqdirida javobgarlikka tortilishi haqida rasman ogohlantirilgan.

Lekin, X.I. ogohlantirilishiga qaramasdan o‘zining noqonuniy faoliyatini davom ettirib kelganligi bois, Shahrixon tuman Davlat soliq inspeksiyasi tomonidan unga nisbatan 13.12.2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 165-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi to‘g‘risida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar Shahrixon tuman ma’muriy sudiga yuborilgan.

Shahrixon tuman ma’muriy sudining 24.12.2018-yildagi qaroriga ko‘ra, X.I.ga nisbatan eng kam oylik ish haqining 5 barobari, ya’ni 1.013.650 so‘m jarima jazosi tayinlagan.

Keyingi tekshiruv davomida X.I hozirgacha tabiblik faoliyati uchun litsenziya olmaganligi aniqlangan bo‘lib, Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan X.I. kelgusida litsenziya olinishi shart bo‘lgan faoliyat bilan maxsus ruxsatnoma olmasdan shug‘ullangan taqdirida jinoiy javobgarlikka tortilishi xaqida rasmiy ogohlantirilib, Shahrixon tuman IIB va Shahrixon tuman DSI tomonidan ko‘rilgan tashkiliy chora-tadbirlar natijasida X.I.ning noqonuniy faoliyati tugatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring