Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonning ikkita tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

Andijonning ikkita tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

Foto: Andijon viloyat hokimligi

Andijon viloyati, Ulug‘nor va Buloqboshi tumanlari hokimligida xalq depuputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi saytida xabar berildi.

Yig‘ilishda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov va kengash a’zolari ishtirok etdilar. Shu vaqtgacha Andijon viloyatining Buloqboshi tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgan Doniyor Maxsudov Ulug‘nor tumani hokim etib tayinlandi. Buloqboshi tumaniga esa O‘tkirbek Mamurov tayinlandi.

Ma’lumot uchun: Doniyor Maxsudov 1976-yil 11-aprelda Andijon viloyati Baliqchi tumanida tug‘ilgan, 1998 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini (sirtqi), 2010-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - iqtisodchi. Ta’kidlab o‘tish kerak Maxsudov bungacha 1990-yildan 2011-yilgacha Ulug‘nor tumanida turli lavozimlarda mehnat qilib kelgan. 2011-yildan buyon Buloqboshi tumaniga hokimlik qilib kelayotgandi.

Mamurov O‘tkirbek esa 1973-yilda Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda K.Timiryazev nomli Moskva qishloq xo‘jalik akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi — olim-agronom-agroximik-tuproqshunos. U faoliyatini fermer xo‘jaligi ishchiligidan boshlagan va 2014-yildan shu vaqtga qadar Andijon viloyati g‘o‘za urug‘chiligi birlashmasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring