Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angrenlik brakonerlar tabiatga 281 million so‘mlik zarar yetkazdi

Angrenlik brakonerlar tabiatga 281 million so‘mlik zarar yetkazdi

Foto:«Fish Team»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Angren daryosida fuqarolar V.B. va boshqalar taqiqlangan ov quroli hisoblangan elektr qarmoq bilan baliq ovlayotganligi aniqlangan. Shundan so‘ng ulardan «SEAHAWK II» nomli qayiq, elektr qarmoq, akkumulyator va 6942 dona ovlangan baliqlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabarida ma’lum qilingan. 

Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining dalolatnomasiga asosan 6942 dona baliqlarning noqonuniy ovlanishi natijasida hayvonot yoki o‘simlik dunyosiga 281,5 mln. so‘mlik juda ko‘p miqdordagi zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan V.B. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring