Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Apple» irqchi. «Face ID» xitoyliklarning yuzini taniy olmayapti

«Apple» irqchi. «Face ID» xitoyliklarning yuzini taniy olmayapti

«iPhone X»ning «Face ID» tizimi ona va o‘g‘ilni hamda ikki dugonani bir-biridan farqlay olmadi.

Foto: «Trendfrenzy»

Xitoylik foydalanuvchilar «Face ID» funksiyasi kerakli tartibda ishlamayotgani uchun «Apple»ni irqchilikda aybladi, deb xabar berdi «ITC.ua».

Bunga «Face ID» biometrik indentifikatsiya funksiyasining ishida sodir bo‘lgan navbatdagi nosozlik sababchi. Shanxaylik fuqaroning aytishicha, uning o‘g‘li onasining «iPhone X» smartfonini o‘ynagan va uning parolini bilmagan holda blokdan ochishga muvaffaq bo‘lgan. Buning uchun unga mobil qurilmaga qarashning o‘zi kifoya qilgan, smartfon esa bolakayning yuzini skaner qilib uni qurilma egasi sifatida qabul qilgan.

«Apple»ning aytishicha, bu juda kam uchraydigan holat. Shunga qaramay kompaniya onaning smartfonini ochgan o‘g‘il ishi haqida tergovni boshlab yubordi.

Bu holat Xitoy fuqarolarini «iPhone X»ni ishlatganda xavfsizlik va maxfiy masalalar xavotirga solmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin xitoylik ayol «Face ID» tizimi hamkasbining yuzida ham ishlaganligi sabab «iPhone X»ni ikki marta do‘konga qaytargan edi. Hamkasblarning yuzi bir-biriga u qadar o‘xshamasa-da, ikkala smartfon ham osonlik bilan blokdan chiqarilgan. Aynan shu kabi nosozliklarga faqatgina xitoyliklar duch kelayotgani sabab, ular «Apple» kompaniyasini irqchilikda ayblay boshladilar.

«Face ID»dan oilaviy xaridlarni amalga oshirishning imkoni bo‘lmayapti. Shu bilan birga, ayni vaqtda «Touch ID» biometrik identifikatsiya funksiyasi yordamida barmoqni skaner qilib oddiy xaridlar osongina amalga oshirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring