Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple» kompaniyasi «Samsung»ni ko‘chirmakashlikda boshqa ayblamaydi

«Apple» kompaniyasi «Samsung»ni ko‘chirmakashlikda boshqa ayblamaydi

Foto: «24gadget.ru»

Yetti yilllik sur-surlardan so‘ng, nihoyat, «Apple» va «Samsung» kompaniyalari patent borasida murosa ko‘chasini tanlashdi. «Ko.com.ua» yozishicha, sudya Lyusi Koxni kompaniyalar bu haqda xabardor etishgan.

Koreyalik ishlab chiqaruvchini «iPhone» dizayni va asosiy funksiyalarini o‘zlashtirishda ayblov 2011-yilda boshlangan edi. Avvaliga sud «Apple» foydasiga 1 mlrd. AQSh dollari undirib berish qarorini chiqardi. Keyin, qator apellyasiyalardan so‘ng, ish Oliy sudga, u yerdan quyi instansiyalarga yuborildi. Bu jarayonlarda aynan qaysi yo‘nalishda patentlar buzilgani-yu, «Samsung» aynan qancha to‘lashi kerakligi oydinlashib bordi.

Yakunda «Apple»ga 539 mln. dollarlik zarar to‘lanishi to‘g‘risida qaror chiqdi, biroq iyun oyida «Samsung» yana noroziligini bildirdi.

Endi esa kompaniyalar sudsiz kelishib olishadigan ko‘rinadi... Har ikki tomon voqeaga izoh berishdan bosh tortishdi.

Shu o‘rinda «Apple»ning oxirgi sud qarori munosabati bilan yo‘llagan bayonotini keltirish o‘rinli: «Bu jarayonda pul hech qachon asosiy masala bo‘lmagan. «Apple» o‘z «iPhone»lari bilan smartfonlar inqilobini yasadi, «Samsung» esa dizaynimizni bemalol ko‘chirib oldi. Biz uchun muhimi, «Apple»dagi insonlarning og‘ir mehnati va innovatsiyalarini himoya qilish».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring