Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Asadni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Rossiyaga ko‘rsatib qo‘ymoqchi

AQSh Asadni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Rossiyaga ko‘rsatib qo‘ymoqchi

Foto:«Politicio»

Bugun, 15-aprel kuni AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Xantsman Rossiya tashqi ishlar vazirligiga AQShning Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar tayyorlayotganini bildiruvchi noma yo‘lladi. Bu haqda «Lenta.ru» sayti «Kommersant» gazetasi xabariga asoslanib xabar bermoqda.

Gazetaning qayd etishicha, AQShning bunday qarorga kelishiga Rossiya hukumatining Suriya prezidenti Bashar Asad rejimini qo‘llab-quvvatlayotgani sabab bo‘lgan. AQSh Asadni mamlakatda amalga oshirilgan kimyoviy hujumda javobgar deb biladi.

Gazetaning yozishicha, maktubning birinchi qismida 14-aprel kuni AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniya tomonidan amalga oshirilgan hujum sabablari tushuntirilgan. Vashington suriyaliklarga nisbatan qo‘llangan kimyoviy hujumda Damashqni aybdor deb biladi va xalqaro hamjamiyat Asadni to‘xtatish uchun kerakli choralarni ko‘rishi lozim deb hisoblaydi. Xatning ikkinchi qismida esa u Moskvani Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etilishidan ogohlantiradi.

Shuningdek, 14-aprel kuni Rossiyaga qarshi tayyorlanayotgan sanksiyalar haqida Britaniyaning «Daily Mail»  nashri ham Oq uy ma’lumotlariga tayanib xabar bergan. Ammo AQSh ma’muriyati va Moliya vazirligi bu borada biror izoh bermadi.

Eslatib o‘tamiz, 13-apreldan 14-aprelga o‘tar kechasi 7-aprel kuni Suriya hukumati tomonidan sodir etilgan deya hisoblanayotgan kimyoviy hujum ortidan AQSh, Fransiya va Buyuk Britaniyadan iborat ittifoqchilar armiyasi Suriyaning bir nechta harbiy bazasiga hujum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring