Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Quddusdagi elchixonasini may oyida ochish niyatida

AQSh Quddusdagi elchixonasini may oyida ochish niyatida

Foto: pixabay.com

AQSh davlat departamenti vakilining ma’lumot berishicha, elchixonaning ochilish marosimi Isroil davlatining 70 yilligiga qadar bo‘lib o‘tadi. Bu haqida «Argumenti i fakti» gazetasi rasmiy saytida malum qilindi.

Quddusdagi AQSh elchixonasi joriy yilning may oyidan faoliyat yuritishni boshlaydi. Ochilish marosimi esa Isroil davlatining 70 yilligi tantanalari arafasida bo‘lib o‘tadi. Amerikalik diplomatning so‘zlariga qaraganda, elchixona shaharning Arnon kvartalida, hozir AQSh konsulligi faoliyat yuritayotgan binoda joylashadi.

Ma’lumki, o‘tgan yilning oxirida AQSh prezidenti Donald Tramp Quddusni Isroilning poytaxti deya tan olishi va AQSh elchixonasi Tel-Avivdan mazkur shaharga ko‘chirilishini ma’lum qilgandi. Ushbu qaror Isroil rasmiy doiralari tomonidan mamnunlik bilan kutib olingan bo‘lsa, qator musulmon davlatlarida katta norozilikka sabab bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring