Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Shimoliy Koreyaga tobut jo‘natyapti. Nega?

AQSh Shimoliy Koreyaga tobut jo‘natyapti. Nega?

Foto: «Hurriyet»

AQSh 1950–1953-yillarda Koreya urushida halok bo‘lgan amerikalik harbiylarning xoki qoldiqlarini to‘plash uchun Shimoliy Koreyaga tobut yuborayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

«Yonhap» agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ikkala Koreya o‘rtasidagi chegara hududida joylashgan Pxanmunjon qishlog‘iga keltiriladigan tobutlarga urushda halok bo‘lgan amerikalik harbiylarning xoki qoldiqlari solinib, Amerikaga qaytarib jo‘natiladi.

Shimoliy Koreyaga jami 215 ta tobut yuboriladi.

Bu haqda shu yil 12-iyun kuni Singapurda o‘tkazilgan Tramp–Kim uchrashuvida kelishib olingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring