Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlari to‘xtatiladi

AQSh va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlari to‘xtatiladi

AQSh Janubiy Koreya bilan hamkorlikdagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini noma’lum muddatgacha to‘xtatmoqda. Bu haqda Pentagonning rasmiy vakili Dana Uaytning so‘zlariga asoslanib, «Anadolu» ma’lum qildi.

Gap joriy yilning avgust oyida boshlanishi rejalashtirilgan uch oylik «Freedom Guardian» hamda AQSh va Janubiy Koreya qurolli kuchlari tajriba almashishi bo‘yicha ikki dasturni o‘z ichiga olgan mashg‘ulotlar haqida ketmoqda.  

Uaytning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlari uchrashuvidan keyin, 12 iyun kuni mazkur qarorga kelingan.

Uchrashuv yakunida Tramp KXDR «to‘g‘ri yo‘l»da yurar ekan,  mashg‘ulotlarni to‘xtatishini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring