Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQShda politsiya aktrisani otib tashladi

AQShda politsiya aktrisani otib tashladi

Foto: «Korrespondent.net»

Kaliforniya shtati Janubiy Pasadena shahrida «Tez yordam» seriali aktrisasi Vanessa Markes politsiya tomonidan otib tashlandi. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar bermoqda. Hodisa 30 avgust kuni, ruhiy tushkunlik holatida bo‘lgan aktrisaning uyida sodir bo‘lgan.

Aytilishicha, politsiya Markesning uyiga unda asab huruji ro‘y bergan paytda kelgan. Politsiyachilarning ta’kidlashicha, ular bir yarim soat davomida uni kasalxonaga borishga ko‘ndirishga uringan. Keyin esa aktrisa ularga to‘pponcha o‘qtalgan. Keyinchalik to‘pponchaning o‘yinchoq ekani aniqlangan, ammo politsiyachilar uni haqiqiy deb o‘ylab Markesni otib qo‘yishgan. Aktrisa voqea joyida halok bo‘lgan. Los-Anjeles politsiya departamenti tergov ishlarini olib bormoqda.

Vanessa Markes 1994-1997 yillarda «Tez yordam» serialidagi Vendi Goldman ismli hamshira rolini ijro etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring