Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aqto‘be fojiasi bo‘yicha sud hukmi: halok bo‘lgan 52 nafar o‘zbekistonlikning oila a’zolariga tovon puli to‘lanadi

Aqto‘be fojiasi bo‘yicha sud hukmi: halok bo‘lgan 52 nafar o‘zbekistonlikning oila a’zolariga tovon puli to‘lanadi

Foto: «Sputnik»

Qozog‘iston Aqto‘be sudi uch nafar avtobus haydovchisiga hukm chiqardi. Ularga 5 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Transport kompaniyasi ta’sischisi va mexanik 3,5 yil ozodlikdan mahrum etildi.

Bundan tashqari, sudlanuvchilar halok bo‘lgan 52 nafar o‘zbekistonlikning oila a’zolariga 2 million tenge (44 480 000 so‘m) miqdorida (har bir oilaga) tovon puli to‘laydilar. Bu haqda «Sputnik» xabar berdi.

Shu yil yanvar oyida Qozog‘iston Aqto‘be viloyati Samara-Chimkent trassasida 57 nafar kishi bo‘lgan avtobus yonib ketdi. Yong‘in oqibatida 52 kishi halok bo‘ldi – ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Besh nafar kishi, shu jumladan qozog‘istonlik haydovchilar omon qoldi.

Ushbu jinoiy ish bo‘yicha besh nafar shaxs aybdor deb topildi: uch nafar avtobus haydovchisi va «Aziya tranzit servis» korxonasining ikki nafar ishchisi – ta’sischi va mexanik. Ularga reysga chiqarishdan oldin avtobusni tekshirish majburiyati bo‘lgan.   

«Uch nafar avtobus haydovchisi 5 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini oldi. Transport kompaniyaning ta’sischisi va mexanik 3,5 yil ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilindi», — deb ta’kidladi sud vakili.

Sudda haydovchilar tomonidan transport vositasini ekspluatatsiya qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilganligi aniqlandi: avtobus salonida yo‘lovchilar isinish uchun lampadan foydalanishgan.

Kompaniya rahbarining harakatlari nosoz avtotransport vositasini chiqarish oqibatida ikki va undan ortiq shaxslar o‘limiga olib kelish, shuningdek rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish bo‘yicha kvalifikatsiya qilingan.

Mexanikka esa nosoz avtotransport vositasini ekspluatatsiyaga chiqarish oqibatida ikki va undan ortiq shaxslar o‘limiga olib kelish bo‘yicha ayblar qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring