Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Argentina falastinliklar tufayli Isroilga qarshi o‘yinni bekor qildi

Argentina falastinliklar tufayli Isroilga qarshi o‘yinni bekor qildi

Foto: Readfootball

Shu yilning 9-iyun kuni Argentina terma jamoasi Quddusda Isroil terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirgan edi.

Bugun tarqatilgan xabarlarga ko‘ra argentinaliklar ushbu o‘yinni bekor qilishdi. Bunga falastinliklarning Argentina terma jamoasiga nisbatan qilgan murojaatlari sabab bo‘lgan.

Aytish kerakki, bundan avvalroq o‘nlab falastinlik ishqibozlar Argentina mashg‘ulot o‘tkazayotgan «Barselona» bazasiga borib, ularni Isroil termasi bilan o‘ynamaslikni so‘ragan. Falastin futbol federatsiyasi rahbari agar Lionel Messi Isroilga qarshi o‘yinda maydonga tushsa, butun musulmon ishqibozlarini uning suratlari va futbolkalarini yoqib yuborishga chaqirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring