Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Arsenal»ning yana «ketmoni uchmadi» yoxud bosh murabbiyning o‘yindan keyingi fikrlari

«Arsenal»ning yana «ketmoni uchmadi» yoxud bosh murabbiyning o‘yindan keyingi fikrlari

Foto: «FC-Arsenal.com»

Londonning «Arsenal» klubi beqaror o‘yin ko‘rsatishda davom etmoqda: bu safar «to‘pchi»lar premer-liga doirasida o‘tkazilgan o‘yinda «Suonsi»ga 1:3 hisobida yutqazdi. Jamoa bosh murabbiyi Arsen Venger ushbu uchrashuvdan keyin klubning o‘yinini tanqid qilib chiqdi. Murabbiyning fikrlari klub rasmiy saytida berilgan.

«Ha, «Suonsi» shiddatli o‘yinda g‘alaba qozondi, o‘yindagi burilish biz 1:0 hisobida oldinda borayotganimizda sodir bo‘ldi. O‘yin tizginini ularga topshirib qo‘ydik. Ayniqsa, hisob tenglashgach, raqibning ruhiyati ko‘tarilib ketdi. Biz mavsum davomida 14 uchrashuvda mag‘lubiyatni g‘alabaga aylantira oldik, ammo «Suonsi» bunga yo‘l qo‘ymadi.

Bugun hech narsa bilan o‘zimizni oqlay olmaymiz. Albatta, mag‘lubiyatga nimalarnidir sabab qilib keltirish mumkin... Bu juda oson... Siz raqibingiz shijoatga to‘lib ketganda nima deyishingizni bilmay qolasiz. Ammo bizning holatda bunday keskin o‘yinlarda yutqazmasligimiz kerak edi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring