Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliya qirg‘oqlarida 150 dan ziyod delfin o‘ligi topildi (video)

Avstraliya qirg‘oqlarida 150 dan ziyod delfin o‘ligi topildi (video)

Foto: «Publika.md»

Avstraliyaning Xemelin ko‘rfazida o‘zini qirg‘oqqa urgan 150 dan ziyod qora delfin topildi. Bu haqida «News.com.ua» portali xabariga asoslanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Jonivorlarning o‘liklari Ogasta shahridan bir necha kilometr uzoqlikda aniqlangan. Baliqchilik vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi delfinlar hali ham tirik.

Hukumat o‘lik delfinlar tufayli sohil yaqinida akulalar ko‘payishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Mahalliy aholi tirik qolgan delfinlarga yordam berib, ularni yana dengizga qaytarish niyatida. Buning uchun suvning ko‘tarilishini kutishmoqda. G‘arbiy Avstraliya tabiatni muhofaza qilish xizmati vakillaridan birining fikricha, delfinlarga yordam berish mumkin, lekin buning uchun jonivorlarning o‘zida ham kuch bo‘lishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring