Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avstraliyada 5 metrli timsoh tutildi

Avstraliyada 5 metrli timsoh tutildi

Foto:«Xabar.uz»

Avstraliyada 5 metrli timsoh tutildi. Bu haqda «Euronews» xabar bermoqda.

Avstraliya Turizm departamentidan ma’lum qilinishicha, timsoh aholi gavjum sohilga yaqinlashishidan avval tutib olingan.

Yoshi 60 deya taxmin qilinayotgan, vazni 600 kilogramm bahaybat jonivor mamlakat shimolidagi Katrina daryosida ushlangan.

Oxirgi tutilgan timsoh 2010-yildan beri ta’qib qilib kelinayotgan edi.

2017-yili Katrina daryosidan 371 ta, bu yil esa 190 ta timsoh ovlandi.

Avstraliyada 150 ming timsoh bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring