Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Avstraliyada dunyodagi birinchi «quyosh» poyezdi o‘z qatnovini boshladi

Avstraliyada dunyodagi birinchi «quyosh» poyezdi o‘z qatnovini boshladi

«Quyoshli» poyezd.

Foto: «Northern Star»

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels hududiga yo‘li tushgan insonlar mutlaqo quyosh energiyasi yordamida harakatlanadigan poyezdda sayr qilishlari mumkin. Ikkinchi jahon urushi vaqtida qurilgan ushbu poyezd qayta tiklangan va «Byron Bay Railroad» transport kompaniyasining mutaxassislari tomonidan jihozlangan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, u shu turdagi birinchi «quyoshli» poyezd hisoblanadi, deb xabar berdi “Daily Tech Info”.

Poyezdning ikkita vagoni 1939-yilda Ikkinchi jahon urushi sabab Yevropadan ko‘chib ketayotgan muhojirlarni tashish uchun qurilgan. Vagonlar korpusi qiruvchi samolyotlarning fyuzelyajini qurishda ishlatiladigan alyuminiy plitalaridan ishlangan. Bu esa vagonlarning shu kunga qadar yaxshi saqlanib qolishini ta’minlagan.

Ikkala vagon ham «Byron Bay Railroad» kompaniyasi tomonidan qayta ta’mirlana boshlanguniga qadar 90-yillar o‘rtalaridan 2013-yilgacha bekor yotgan. Avvaliga uni dizel dvigatelida harakatlanuvchi poyezdlarga mo‘ljallab chiqarish rejalashtirilgan, biroq quyosh energetikasi sohasidagi yutuqlar ushbu poyezdni ancha «yashilroq» qilish imkonini berdi.

Poyezd tomiga buyurtma asosida yaratilgan quyosh batareyalari o‘rnatilgan, unda energiya bort akkumulyatori batareyalarini quvvatlantiradi. Shuningdek, poyezd regenerativ tormoz tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, bu uning tarqalishiga sarflanadigan energiyaning 25 foizini qaytarib olish imkonini beradi. Poyezd batareyalarini energiya tarmog‘idan ham quvvatlantirish mumkin.

Shunga qaramay «quyosh» poyezdning kutilmagan vaziyatlarga qarshi dizel dvigateli ham mavjud. Poyezd 220 kilovatt doimiy tok uzatuvchi ikkita dvigatel yordamida harakatlanadi.

Ayni vaqtda poyezd qayta tiklangan 3 kilometrlik temir yo‘l orqali 100 ga yaqin yo‘lovchini tashiyapti. 2018-yilda «Byron Bay Railroad» temir yo‘lni uzaytirishni rejalashtirmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring