Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstriya maktablarida o‘quvchilarning ro‘za tutishi taqiqlandimi?

Avstriya maktablarida o‘quvchilarning ro‘za tutishi taqiqlandimi?

Foto:«Hurriyet»

Avstriya xalq partiyasi mamlakat maktablarida ro‘za tutgan o‘quvchilar ochlikdan fanlarni puxta o‘zlashtira olmasliklarini bahona qilib, ta’lim dargohlarida ro‘za tutishni taqiqlash taklifini bildirdi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

Bu taklif partiya bosh kotibi Karl Nihammardan chiqqan.

Nihammar jurnalistlarga bergan bayonotida ayrim o‘qituvchilar o‘quvchilar ro‘za tutgani sababli darslarni puxta o‘zlashtira olmayotganidan shikoyat qilayotganini aytgan.

«Diniy arkonlar (u qaysi din bo‘lishidan qat’i nazar) bolalar sog‘lig‘iga zarar bersa u chegaradan chiqibdi», — degan Karl.

«Diniy erkinlik — Avstriya uchun muhim qadriyat. Har qanday diniy e’tiqodni hurmat qilamiz. Maktabga boradigan o‘quvchilarning ro‘za tutmasligini talab qilaman. Chunki ro‘za bolalarni zaiflashtiradi, darslarni o‘zlashtirishga monelik qiladi», — degan Karl Nihammar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring