Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ruminiyada avtobus to‘nkarilib ketdi, 17 bola jarohatlandi

Ruminiyada avtobus to‘nkarilib ketdi, 17 bola jarohatlandi

Foto: «Naviny.by»

Ruminiyada belaruslarni olib ketayotgan avtobus halokatga uchrashi oqibatida 17 bola jarohatlandi. Bu haqda «RIA Novosti» Belarus tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Anatoliy Glaz bergan ma’lumotlarga tayanib xabar bermoqda.

«YTH kecha Suchava (Ruminiya) shahridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusda 43 nafar bola, shuningdek, kuzatuvchilar va haydovchilar bo‘lgan. Bolalar Bolgariyaga dam olish uchun ketayotgan edi. YTHdan keyin 19 nafar fuqaro va 17 bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Qolganlar shikastlanmagan», — degan Anatoliy Glaz.

Jabrlanganlarning hayoti xavf ostida emas.

Belarus OAV ma’lumotlariga, ko‘ra haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan. Ulovda jami 50 kishi bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring