Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Avtoritet» Shuhrat «Dombrabadskiy» va uning akasi nega qo‘lga olindi? (video)

«Avtoritet» Shuhrat «Dombrabadskiy» va uning akasi nega qo‘lga olindi? (video)

Kadr: O‘zbekiston24 telekanali

Bugun kriminal «avtoritet» Shuhrat «Dombrabadskiy» va uning akasi qo‘lga olinganligi haqida xabar bergan edik.

«O‘zbekiston24» telekanalida ularning nega qo‘lga olinganligi haqida ma’lumot berilgan hujjatli videolavha e’lon qilindi. Bu haqda «Uznews.uz» sayti yozmoqda.

Telekanal tomonidan tayyorlangan videolavhada aytilishicha, aka-uka Shuhrat va Shavkat Nosirovlar O‘zbekiston DXX va huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

O‘tkazilgan tadbir davomida ma’lum bo‘lishicha, Shuhrat «Dombrabadskiy» va uning akasi o‘zlarini poytaxtning Chilonzor tumanida joylashgan «Nosirxon» masjidi «egalari» deb aytib, masjid xodimlari faoliyatiga to‘sqinlik qilishgan. Masjid xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, aka-uka Nosirovlar masjidning barcha hujjat va muhrini olib qo‘yib, ularni o‘zlariga moslashtirib olishgan va masjidni o‘zlari nomidan boshqarishgan.

Bundan tashqari, qo‘shnilarning biri bergan ma’lumotga ko‘ra, aka-uka Nosirovlar huquqni muhofaza qiluvchi organlariga murojaat qilgan qarindoshi Bahodir Sharopovning arizasi asosida qo‘lga olinishgan. Suhbatdoshning aytishicha, qarindoshining aslida kriminal «avtoritet»ga tegishli bo‘lgan uyini sotmoqchi bo‘lgani Shuhrat Nosirovni g‘azablantirgan. Bahodir Sharopov aka-uka Nosirovlar undan uyning barcha hujjatlarini olib qo‘yishganidan keyin huquqni muhofaza qiluvchi organlariga murojaat qilgan.

Mavzuga doir: Toshkentda «dong‘i» ketgan «Shuhrat – Dombrabadskiy» ushlandi

Ma’lumot uchun:

Nosirov Shuhrat Shukurillayevich (Shuhrat «Dombrabadskiy») 1957-yilning 27-aprel sanasida Toshkentda tug‘ilgan. Qo‘lga olinishiga qadar poytaxtning Chilonzor tumani, Naqqoshlik ko‘chasi, 42-uyda istiqomat qilgan.

1993-yilda qator moddalar bilan ayblanib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 2016-yilning avgust oyida ozod qilingan.

Nosirov Shavkat Shukurillayevich 1956-yil 15-oktyabrda Polshada tug‘ilgan. Avval sudlanmagan, tadbirkor. Rossiya Federatsiyasining fuqarosi bo‘lib, vaqtincha poytaxtning Chilonzor tumani, Naqqoshlik ko‘chasi, 42-uyda istiqomat qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring