Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya futbol o‘yinida ayiq hakamga to‘p uzatdi

Rossiya futbol o‘yinida ayiq hakamga to‘p uzatdi

Foto:«Sabah.com»

Rossiyada o‘tkazilgan futbol o‘yinida g‘aroyib hodisa kuzatildi: to‘pni hakamga ayiq olib kelib berdi. Bu haqda «Sabah» xabar berdi.

Rossiya professional futbol ligasi ikkinchi divizionidagi «Mashuk-KMV» va «Angusht» jamoalari uchrashuvi boshlanishidan avval futbol maydoniga olib kelingan ayiq o‘yinni boshlash uchun to‘pni hakamga olib kelib berdi. Bu holat futbolchilar, muxlislar va ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘yinni tomosha qilayotganlarni quvontirdi.

Rossiyaning ramziga aylangan qo‘ng‘ir ayiq to‘pni hakamga bergandan keyin sakrab qo‘l silkitishi o‘yinchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring