Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy bank o‘tgan yilda bank kassalariga kelib tushgan naqd pullar haqida ma’lumot berdi

Markaziy bank o‘tgan yilda bank kassalariga kelib tushgan naqd pullar haqida ma’lumot berdi

Foto: «Kun.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017-yilda bank kassalariga kelib tushgan naqd pullar haqida rasmiy axborot berdi. Qayd etilishicha, 2017-yilning birinchi yarmi davomida tijorat banklari kassalaridan naqd pul chiqimlarining umumiy hajmi bank kassalariga kelib tushgan naqd pul miqdoriga nisbatan sezilarli darajada ko‘proq bo‘ldi.

Xususan, yanvar-iyun oylari davomida bank kassalariga 11,8 trln. so‘m naqd pul tushgan bo‘lsa, bank kassalaridan amalga oshirilgan chiqim 17,1 trln. so‘mni tashkil etdi. Natijada, muomaladagi naqd pullar miqdori yil boshiga nisbatan 5,3 trln. so‘mga oshib, 2017 yilning 1 iyul holatiga 18,6 trln. so‘mni tashkil etdi.

Jami naqd pul tushumida manbalarning ulushi
Skrin: Markaziy bank

O‘tgan 2017-yilda bank kassalariga tushgan naqd pullar hajmi 39,5 trln. so‘mni tashkil etdi.

Ushbu davrda jami naqd pul tushumlarida tovarlarni sotishdan tushum ulushi 47 foiz (18,7 trln. so‘m), pullik xizmat ko‘rsatish sohasidan tushum — 15 foiz (5,9 trln. so‘m), aholining bank omonatlariga joylashtirgan pullari — 14 foiz (5,6 trln. so‘m), soliqlar va boshqa majburiy yig‘imlar — 11 foiz (4,2 trln. so‘m), boshqa sohalardan tushum — 13 foiz (5,1 trln. so‘m)ni tashkil etdi.

Iyul-dekabr oylarida bank kassalariga 27,7 trln. so‘m tushib, yanvar-iyun oylariga nisbatan 15,9 trln. so‘m yoki 2,3 martaga ko‘paydi.

Shundan, tovarlarni sotishdan tushgan naqd pullar hajmi 7,8 trln. so‘m yoki 2,4 barobar, pullik xizmat ko‘rsatish sohasidan 2,4 trln. so‘m yoki 2,4 barobar, aholining bank omonatlariga topshirgan pullari 800 mlrd. so‘m yoki 1,3 barobar, soliqlar va boshqa majburiy yig‘imlar 2,5 trln. so‘m yoki qariyb 4 barobar va boshqa sohalardan tushumlar 2,4 trln. so‘m yoki 2,9 barobarga oshgan.

2017-yilda jami naqd pul tushumida Toshkent shahrining ulushi 36 foiz, Samarqand 10 foiz, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida 8 foiz, Andijon, Namangan va Xorazm viloyatlarida 5 foiz, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 4 foiz, Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 foiz, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 2 foizni tashkil etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring