Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Baribir to‘laysan»: MIB tadbikorga 922.000 AQSh dollari undirib berdi

«Baribir to‘laysan»: MIB tadbikorga 922.000 AQSh dollari undirib berdi

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida (2018-yil 29-noyabr) «Enter Engineering Pte.Ltd.» kompaniyasi va «AV Engineering» MChJ o‘rtasida yaxshigina «jang» bo‘lib o‘tgandi. Pirovardida, «AV Engineering»  MChJning qo‘li baland kelib, uning foydasiga «Enter Engineering Pte.Ltd.» kompaniyasidan 922.136,5 AQSh dollari miqdorida asosiy qarz, 68.333.127,26 so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan.

«Qaror ijrosi bilan go‘zal» degan, oxori to‘kilsa-da, ahamiyati yo‘qolmaydigan gap borki, haqiqiy g‘urbat sud hujjati Majburiy ijro byurosiga tushgandan keyin boshlanadi.

Alqissa, tegishli hujjat MIBning Yunusobod tuman bo‘limiga tushib, ijro ochildi. Avvaliga «Enter Engineering Pte.Ltd.» kompaniyasiga muhlat berildi: qarzingizni ixtiyoriy tarzda to‘lasangiz — olam guliston, sizning qulog‘ingiz tinchisa, bizning oyog‘imiz orom oladi.

Yo‘q, berilgan muhlat jarayonida majburiyat ixtiyoriy ravishda bajarilmadi. So‘ng qarzdorga nisbatan qarzdor hisobidan 155 mln. so‘m ijro yig‘imi undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Shuningdek,kompaniyaning hisob raqamiga inkasso topshiriqnomasi va band solish to‘g‘risida harakatlar amalga oshirildi. Xullas, sud hujjati to‘la ijro etildi. Sud qarori bor ekan, unda ko‘rsatilgan summa undirilmay qo‘yilmaydi-da.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring