Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayram tadbirlarida 6 milliondan ziyod kishi qatnashdi

Bayram tadbirlarida 6 milliondan ziyod kishi qatnashdi

Foto: Ilya Pitalev / RIA Novosti

«Rossiya kuni» bayrami tadbirlarida 6 milliondan ziyod kishi qatnashdi. Bu haqda «Aif.ru» xabar bermoqda.

Rossiya ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volkning ma’lum qilishicha, kecha mahalliy vaqt bilan soat 20.30 da mamlakat miqyosida o‘tkazilgan bayram tadbirlarida 6 milliondan ziyod kishi qatnashgan.

Fuqarolarning xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashga ichki ishlar vazirligi, Rosgvardiya hamda xususiy qo‘riqlash xizmati xodimlari jalb etilgan.

Tadbirlar vaqtida favqulodda vaziyat yoki jamoat tartibini buzish holatlari kuzatilmagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha Rossiyada Rossiya kuni nishonlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring