Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bedarak yo‘qolgan ikkinchi qiz Andijondan topildi

Bedarak yo‘qolgan ikkinchi qiz Andijondan topildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBB xodimlari bugun bedarak yo‘qolgani e’lon qilingan 13 yoshli Farangiz Anvarovani topishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, qiz Andijonda, dugonasinikidan bo‘lgan.

«Farangiz ahvoli yaxshi, sog‘-omon. Uning qayerdaligini aniqlash uchun operativ-qidiruv tadbirlari olib borildi. Jumladan, uning barcha do‘stlari, taksi haydovchilari va boshqa o‘nlab insonlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazildi. Hademay uni Toshkentga olib kelishadi va onasi bag‘riga qaytariladi», deyiladi IIBB xabarida.

Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent shahar IIBB poytaxtda yashovchi ikki nafar voyaga yetmagan qizning bedarak yo‘qolgani haqida xabar tarqatgandi. Bugunning o‘zida yo‘qolgan qizlarning biri — Diana Mannapova poytaxtning Bektemir tumanidan sog‘-salomat topildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring