Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Behzod Musayev hisobraqam orqali soliq uchun pul yechib olish mexanizmini tushuntirdi

Behzod Musayev hisobraqam orqali soliq uchun pul yechib olish mexanizmini tushuntirdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, soliqchilarga soliq to‘lovchi qayd etilgan manzilda bo‘lmagan, shuningdek, soliq to‘lovchi tomonidan soliq yoki moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari yuzasidan tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan hollarda soliq to‘lovchi-yuridik shaxslarning bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish huquqi berilgan edi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Behzod Musayev «Xabar.uz»ga bergan intervyusida ushbu qarorning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, bank operatsiyalari haqida batafsil tushuncha berdi.

— Hozir bizga ham qarzdorlikni undirish uchun shu vakolat berilyapti, chunki Konstitutsiya bo‘yicha budjet tushumi elektr energiyasi va gazdan ham yuqori turadi, — dedi B.Musayev. — Lekin masala shundaki, biz hali tizimini yaratmasdan turib, 1-iyuldan boshlab endi hamma jismoniy shaxslarning aniq hisob raqamidan pul yechib olgin, degan mexanizm yaratsak, xaos bo‘ladi, norozilik kelib chiqadi. Eng asosiysi, bu noto‘g‘ri bo‘ladi.

Mana, chet elda qanaqa yo‘lga qo‘yilgan: sizga talabnoma berilganda talabnomaga har xil turdagi variant taqdim etiladi. Birinchisi, o‘z vaqtida to‘lab berasiz. Ikkinchi variant to‘lov muddati o‘zi 15-oktabrgacha belgilangan, lekin shu narsa borki, oyma-oy kelib, to‘lab ketishadi. Ertaga eshigingizni soliqchi taqillatib kelaverishi bu noto‘g‘ri narsa.

Yana bir masala bor: bir so‘m pulni yig‘ish uchun bitta xonadonga, bir so‘mni misol qilib aytyapman, 1 mln. pul deylik, 500 ming yoki 300 ming deylik, bitta xonadonga necha marta borish kerak? Bu umuman tizim emas. Bu bor-yo‘g‘i «klyachitsya» qilib yurish. Bu sizning majburiyatingiz, to‘lash kerak. Majburiyatingizni to‘laydigan muddat bor. Lekin ikkinchi masala: men sizni soliq to‘lashga chaqirganimda, sizga ham bu narsaning to‘lovi og‘irlik qilmasin. Majburiyatingiz summasi mana shu, kadastr bo‘yicha qiymati shu, mulkingiz qiymati shu, mana belgilangan soliq shu. E’tirozingiz yo‘q.

Xohlasangiz, bankda hisob raqamingiz bo‘lsa, biz sizga oyma-oy to‘lab borish mexanizmini yarataylik, har safar sizni ham boshingiz og‘rimaydi, men ham uyingizga bormayman. Keling, birga ikkalamiz qo‘l qo‘yyaylik-da, men bankdan har oy, misol uchun 500 ming pulingiz bo‘lsa, 50 ming so‘mdan to‘lab yuboravering, ma’qulmi sizga?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring