Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belaruslik mutaxassis TATU talabalariga startap yaratish sirlarini o‘rgatdi

Belaruslik mutaxassis TATU talabalariga startap yaratish sirlarini o‘rgatdi

Beloruslik mutaxassis TATU talabalariga startap yaratish sirlari haqida mahorat darsi o‘tdi.

Foto: «Tuit.uz»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Axborot texnologiyalari, innovatsion g‘oyalar va muvaffaqiyatli startap yaratish siri» mavzusida belaruslik mutaxassis ishtirokida seminar tashkil etildi. Unda g‘oyalarni muvaffaqiyatli startapga aylantirishning asosiy bosqichlari, AT-loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha fikrlar berildi.

Seminarda startaplar faoliyatini tashkil qilish, xodimlarni tanlash, rag‘batlantirish, shuningdek, g‘oya yoki mahsulotning so‘nggi ko‘rinishi haqida so‘z yuritildi.

Faoliyatini endi boshlayotgan tadbirkorlar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan, hatto eng yaxshi innovatsion g‘oya bilan ham muvaffaqiyatsizlikka uchrash mumkin bo‘lgan xatolar haqidagi ma’ruza startapchi-tinglovchilar uchun qimmatli ma’lumot bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring