Besh kunda sotilgan avtoraqamlar qiymati 4,1 milliard so‘mdan oshdi
O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilning 23 — 27-aprel kunlari birjada onlayn auksion orqali 149 ta avtomobil raqamlari sotildi. Ulardan 132 tasini jismoniy shaxslar, 17 tasini yuridik shaxslar xarid qilgan. 5 kun ichida onlayn auksion orqali sotilgan avtoraqamlarning qiymati 4,1 milliard so‘mdan oshgan.
Savdolar natijasiga ko‘ra umumiy sotilgan avtoraqamlarning 87 foizi oliy toifaga mansub. Shuningdek, avtoraqamlarning 6 foizi 2-toifaga, 7 foizi 3-toifaga mansubdir. Xaridorlar orasida Toshkent shahri va viloyati avtomobil ishqibozlari yetakchilik qilmoqda.
Sotilgan raqamlarning 74 foizi aynan shu hududlarga to‘g‘ri keladi. Keyingi o‘rinlarni Farg‘ona hamda Samarqand viloyati xaridorlari egallagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter