Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir balosi bo‘lmasa... Yaponiya Xitoydan xavotirda

Bir balosi bo‘lmasa... Yaponiya Xitoydan xavotirda

Foto: «Kp.ru»

Yaponiya hukumati Xitoydan nega mudofaa xarajaatlarini ko‘paytirayotgani borasida tushuntirish olmoqchi. Holbuki, Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kanoning fikricha, bu jabhada ma’lumotlar sal shaffofroq bo‘lishi shart.

«Xitoyning mudofaa xarajatlari yildan-yilga oshyapti: iqtisodiy ko‘rsatkichlari pasaymoqda, mudofaaga esa pulni ayamayotgani g‘alati. Bu masalada boshni qovushtirib, masalaga oydinlik kiritib olmasak bo‘lmaydi», — dedi vazir.

Uning ta’kidlashicha, Tokio to‘g‘ridan-to‘g‘ri Pekindan tushuntirish talab qilmoqchi, negaki yuzaga kelgan holat mintaqadagi vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

«Kp.ru» yozishicha, 2018-yilda XXRning harbiy xarajatlari 8,1 foiz — 175 milliard dollargacha oshirildi, 2019-yilda esa «harbiy o‘sish» 7,5 foizga yetkaziladi. Xitoy esa, o‘z navbatida, uning mudofaa budjeti oshirilishidan hech ham xavotirlanmaslikka chaqirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring