Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir oyda 85,9 mlrd. so‘mlik soliq qarzlari undirildi

Bir oyda 85,9 mlrd. so‘mlik soliq qarzlari undirildi

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tashabbusi bilan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Oliy sud va Markaziy bank hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 apreldagi iqtisodiyot tarmoqlarida hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish, debitor-kreditorlik, shu jumladan, budjet oldidagi qarzlarni qisqartirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan majlis bayonida berilgan topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda sud ijro hujjatlari asosida soliq qarzini qisqartirish yuzasidan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘rib chiqildi.

Davlat soliq qo‘mitasining markaziy studiyasida DSQ tarkibiy tuzilmalari, Toshkent shahar va Toshkent viloyati, hududlardagi studiyalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tuman (shahar) Majburiy ijro byurosi boshqarmalari boshliqlari, davlat ijrochilari, viloyatlar Iqtisodiy sudi va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar raislari hamda tumanlararo iqtisodiy va fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyalaridan iborat jami 1526 nafar mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 20 maydagi qo‘shma buyrug‘i asosida qarzdorlarning mol-mulklarini xatlash va soliq qarzini undirish tadbirlariga 1121 nafar xodim jalb etilib, o‘tgan davrda 12,7 ming nafar qarzdorlarning qarzlarini undiri bo‘yicha tegishli profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan. Natijada 8,8 mingta soliq to‘lovchidan 85,9 mlrd. so‘mlik soliq qarzlari undirildi.

Shu bilan birga, qo‘shma profilaktik tadbirlar davomida soliq qarzini to‘lamagan 3,9 mingta qarzdorning 286,4 mlrd. so‘m qiymatidagi mol-mulklari, shu jumladan, 878 ta bino va inshoot, 846 ta transport vositasi va 6,6 mingta boshqa turdagi mol-mulklari soliq qarzi xisobiga xatlovga olingan.

Yig‘ilishda hamkorlikdagi amaliy chora-tadbirlarni tashkil etishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, natijaviy ko‘rsatkichlari respublika ko‘rsatkichidan past bo‘lgan viloyat va tuman davlat soliq xizmati organlari rahbarlariga nisbatan keskin e’tirozlar bildirilib, kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring