Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Blogerlar chempionatining birinchi bosqichi yakunlanishiga 4 kun qoldi

Blogerlar chempionatining birinchi bosqichi yakunlanishiga 4 kun qoldi

Maxsus platformada tashkillashtirilgan chempionatga shu paytgacha (10-may, soat 23.50ga qadar) 323ta blogpost kelib tushgan bo‘lsa, ularga o‘quvchilar tomonidan 1448 dan ziyod izoh yozib qoldirilgan.



Mavzuga doir:
Qo‘llanma: Blogerlar chempionatida qanday ishtirok etish mumkin?


Xabaringiz bor, chempionatning 1-bosqichi 30 aprelda yakunlanishi kerak edi. Biroq ko‘plab talab va istaklar inobatga olinib hamda Chempionat nizomining 10.1-bandiga asosan Blogerlar chempionatining muddatini uzaytirishga qaror qilindi.

Unga ko‘ra 1-bosqich uchun ijodiy ishlar 20-maygacha qabul qilinmoqda. Qolgan bosqichlarning muddatlari ham o‘zgargan. Ikkinchi bosqich 22-31 mayda, final bosqichi esa 2-12-iyunda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.


Mavzuga doir:
Mukofot jamg‘armasi 60 mln. so‘mlik Blogerlar chempionatida kimlar qatnashishi mumkin?


Eslatib o‘tamiz, Blogerlar chempionatining g‘oliblari quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanishadi:

1-o‘rin (1 ta): 15 million so‘m.

2-o‘rin (2 ta): har biriga 8 million so‘mdan.

3-o‘rin (3 ta): har biriga 5 million so‘mdan.

Bundan tashqari, o‘ndan ziyod nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanadi. Nominatsiyalar g‘oliblari homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, chempionatning bosh homiysi O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi «Tanlov kashfiyoti bo‘lgan bloger»ni alohida taqdirlaydi.


Mavzuga doir:
O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va BMTTD qo‘shma loyihasi Blogerlar chempionati uchun 3 ta sovrin joriy qildi


Uch bosqichda o‘tkaziladigan chempionat ham, uni baholash ham onlayn shaklda, mutlaqo oshkora va shaffof. Ishtirokchilarning sovrindor bo‘lishi uchun imkoniyatlar yanada kengaydi.

Eslatib o‘tamiz, keyingi bosqichga eng yuqori ball to‘plagan 50ta bloger yo‘l oladi. 50-o‘rin bilan ballari teng bo‘lib qolgan navbatdagi blogerlar ham keyingi bosqichga qo‘yiladi.

Oldinda hali vaqt bor. Chempionatda qatnashishga ulgurmagan, lekin istagi bo‘lgan barcha-barcha yurtdoshlarimiz o‘z ijodiy ishlarini yo‘llab, g‘oliblikka harakat qilishlari mumkin. O‘z iqtidoringiz va omadingizni sinab ko‘rishdan tortinmang! Blogerlar musobaqasiga qo‘shiling!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring