Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Blogerlar chempionatining finalida kutilmagan intriga kelib chiqdi. Natijalar ma’lum

Blogerlar chempionatining finalida kutilmagan intriga kelib chiqdi. Natijalar ma’lum

Shu yilning 12-aprelida O‘zbekiston blogerlari chempionatiga start berilgan edi. Chempionatning 3-10-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan final bosqichiga 21 ta ijodiy ish kelib tushdi. 

Hakamlar hay’ati ikkinchi bosqichga kelib tushgan ijodiy ishlarni baholashni yakunladi. Natijalarni mana bu yerda ko‘rish mumkin.

Blogerlar chempionatida 1 ta 1-o‘rin (15 million so‘m), 2 ta 2-o‘rin (har biriga 8 million so‘mdan), 3 ta 3-o‘rin (har biriga 5 million so‘mdan) berilishi ko‘zda tutilgan edi. Final bosqichida ikki nafardan 4 nafar ishtirokchining natijalari bir xil bo‘lib qoldi. Quyidigi skrinshotda buni ko‘rishingiz mumkin.

Chempionat nizomiga ko‘ra bunday vaziyatda, ya’ni sovrinli o‘rinlarga da’vogarlarning natijasi bir xil bo‘lib qolgan taqdirda, g‘olib hakamlar bilan o‘zaro kelishilgan holda Hakamlar hay’ati raisi tomonidan aniqlanishi belgilab qo‘yilgan edi. Shunga asosan Muzaffar Qosimovga 2-o‘rin, Muslim Mirzajonov 3-o‘rin berildi. Bundan tashqari, bir xil natija qayd etgan Javohir Izzatullayev va Feruza Sattorovalarning har ikkisiga ham 3-o‘rin berildi. Demak, 3-o‘rin sohiblari 4 nafarni tashkil etdi.

Bundan tashqari, o‘ndan ziyod nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanadi. Nominatsiyalar g‘oliblari homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Nominatsiyalarning g‘oliblari kim bo‘lganini taqdirlash marosimida ma’lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Blogerlar chempionatining g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi 14-iyun — Xalqaro blogerlar kuni bo‘lib o‘tadi. Marosim Toshkentdagi «Latte» mehmonxonasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Barcha g‘olib va sovrindorlarni tabriklaymiz! Mukofotlar muborak bo‘lsin!

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring