Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha sud hukmi dushanba kuni e’lon qilinadi

Bobomurod Abdullayev ishi bo‘yicha sud hukmi dushanba kuni e’lon qilinadi

Foto: «Facebook» / Bobomurod Abdulla

Bugun, 4-may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida jurnalist Bobomurod Abdullayev, bloger Hayotxon Nasriddinov, shuningdek, tadbirkorlar Shavkat Ollayorov hamda Ravshan Salayevga nisbatan so‘nggi sud yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-modda 4-qismi (O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish va qonuniy saylangan hukumatni qurolli yo‘l bilan ag‘darishga urinish) bilan ayblanayotganlarga so‘nggi so‘z berildi.

Bugun ishbilarmon Shavkat Olloyorov sud majlisida so‘nggi so‘zini aytib, unga nisbatan oqlov hukmi chiqarilishini so‘radi.

«Mening to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandim va keksa ota-onam bor. Oiladagi yagona boquvchi menman.

To‘xtab qolgan ishlarimni davom ettirish va oilam, yaqinlarim, biznes hamkorlarim, do‘stlarim hamda mahalla oldida yorug‘ yuz bilan chiqishim uchun meni oqlashingizni so‘rayman.

Tergov va sud majlislari davomida o‘zim, Bobomurod Abdullayev, guvohlar hamda boshqa ko‘rsatmalar bunga yetarli asos bo‘ladi, deb o‘ylayman», — dedi Olloyorov.

Shundan so‘ng sudya Zafar Nurmatov dushanba, 7-may kuni soat 16:00ga qadar sud maslahatlashuvga kirishini e’lon qildi. Shu kuni sudlanuvchilarga nisbatan hukm o‘qilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring