Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bog‘chada gaz balloni portlagan, Samarqand tuman hokimining parvoyi falak

Bog‘chada gaz balloni portlagan, Samarqand tuman hokimining parvoyi falak

Foto: «Uza.uz»

Joriy yilning 13 iyun kuni taxminan soat 12:30 larda Samarqand viloyati Samarqand tumani Andijoni mahallasida joylashgan 30-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi oshxonasida maishiy gaz balloni portlagan va yong‘in vujudga kelgan. Yong‘inni bartaraf etish uchun kamida to‘rtta o‘t o‘chirish avtomobili jalb qilingan. Bu haqda «O‘zA» xabar berib o‘tdi.

Oradan mana uch kun o‘tgan bo‘lsa-da tuman hokimi Shuxrat Jamolov na voqea joyiga shaxsan borgan va na holat yuzasidan tuman ishchi guruhini tuzgan.

Gaz portlagani keyingi kundan boshlab bog‘cha shtat rejimda faoliyat ko‘rsata boshlagan. Oshxonasi kuyib kul bo‘lgan bog‘chadagi bolalarga qanday qilib ovqat tayyorlab berilayotgani noma’lum. Bog‘cha mudirasi yong‘in holatini yashirish maqsadida tezlik bilan o‘z hisobidan muassasa oshxonasini ta’mirlamoqda, hattoki zamonaviy romlar o‘rnatilgan. Yong‘in bo‘yicha maktabgacha ta’lim vazirligi ham xabardor etilmagan.

Bog‘cha yaqinidagi bir nechta odamlarning portlash ovozini eshitib «101» qisqa raqamiga aynan «portlash bo‘lganligi» yuzasidan murojaat etganiga qaramasdan o‘t o‘chiruvchilarning yongin dalolatnomasida portlash holati ro‘yxatga olinmagan. Tuman o‘t o‘chirish bo‘limi va viloyat o‘t o‘chirish boshqarmasi rahbariyati holat yuzasidan «ko‘chadan kelgan» odamlarga ma’lumot bermasligini bildirdi.

Qo‘shni qishloqlardagi kattalarni cho‘chitgan bu portlash, voqea yonida bo‘lgan 200 dan ortiq yosh bolalarga qanday ta’sir etganligi nomalum.

Portlash holati yashirilganligi natijasida yosh bolalarga tibbiy yoki psixologik yordam ko‘rsatilmagan. Voqea kunduz kuni jamoat joyida bo‘lganligi sababli jabrlanganlar ham bo‘lishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring