Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bojxona institutiga kirish tartibiga o‘zgartish kiritildi

Bojxona institutiga kirish tartibiga o‘zgartish kiritildi

Foto: «Xabar.uz»

Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi oltinchi xatboshisiga o‘zgartirish Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilishda nomzodlarning bo‘yi 165 sm.dan (qiz bolalar uchun 160 sm.) past bo‘lmasligi belgilandi.

Eslatib o‘tish kerak, ilgari amal qilgan tartibga ko‘ra, nomzodlarning bo‘yi 170 sm. (qiz bolalar uchun 165 sm.)dan kam bo‘lmasligi lozim edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring