Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bora Milutinovich: «O‘zbekiston futboli atrofida uni tushunmaydigan odamlar bo‘lgan»

Bora Milutinovich: «O‘zbekiston futboli atrofida uni tushunmaydigan odamlar bo‘lgan»

Bora Milutinovich

Foto: «Vekipediya»

Serbiyalik taniqli mutaxassis Bora Milutinovich «Uff.uz» sayti jurnalistiga eksklyuziv intervyu berdi.

Milutinovich O‘zbekiston terma jamoasi haqida to‘xtalib, yuqori natijalarga erishish uchun imkoniyatlar yetarli ekanini aytgan.

«Katta muvaffaqqiyatlarga erishishdan avval mag‘lubiyatni obdan tatib ko‘rish lozim. Avvalambor, mag‘lubiyatlar jonga tegishi kerak.

O‘zbekiston terma jamoasida imkoniyat yetarli, deb o‘ylayman. Sizlar Osiyoda futbolida mavqega egasiz. Faqat hamma davlatda bor bo‘lgani kabi, futbolingiz atrofida uni tushunmaydigan odamlar bo‘lgan. Ulardan keyin futbolingiz baribir ko‘tariladi. Bu hammada bor narsa. Vaqt o‘tgach, tushunib yetishadi, dedi serbiyalik murabbiy.

— Biz ham umid qilyapmiz. O‘zbekiston futbolida o‘zgarishlar ko‘p bo‘lyapti. Mevasi bo‘p qolar axir...

— Nega bo‘lmas ekan? Agar to‘g‘ri ish qilayotgan bo‘lsangiz, bir kun kelib hosilini ko‘rasiz. Menimcha, terma jamoa, umuman klub miqyosida bo‘lsa ham murabbiylar shtabiga xorijdan eng kamida ekspert olib kelish kerak. Jismoniy holat uchun alohida mutaxassis jalb qilish lozim. Men yevropaliklarni nazarda tutyapman.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring