Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura AQSh Maxfiy xizmati bilan hamkorlik qiladi

Bosh prokuratura AQSh Maxfiy xizmati bilan hamkorlik qiladi

Foto: «UzDaily»

Amerika Qo‘shma Shtatlari Maxfiy xizmati O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti bilan transmilliy moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Bu haqda «Uzdaily» xabar berdi.

AQSh Maxfiy xizmatining doimiy vakili Deniz Feydner va O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi departament boshlig‘i Akmalxo‘ja Mavlonov ushbu hujjatni kecha, 15-mart kuni Toshkentda imzoladi. Anglashuv memorandumi moliyaviy surishtiruvlar haqida ma’lumot almashish, valyuta jinoyatlari sohasida tajriba va texnik ishlanmalar almashinuvini, shuningdek, ishchi guruhlar uchrashuvi yoki tomonlarni qiziqtirgan boshqa yig‘ilishlar o‘tkazishni nazarda tutadi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va AQShning Toshkentdagi elchixonasi xavfsizlik bo‘yicha Mintaqaviy ofisi ham memorandumga erishish uchun yordam ko‘rsatdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring