Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning soxta xodimlari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning soxta xodimlari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va Yuqorichirchiq tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan hamkorlikda «A.B.» MChJ ish boshqaruvchisi M.M.ning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, aslida «K.I.» MChJda haydovchi bo‘lib ishlovchi fuqaro R.N. «M» kafesiga ovqatlanish maqsadida kirib,o‘zini Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimi Rustam deb tanishtirgan. Taomlarni sifatidan noroziligi va kafega kelgan mijozlarga NKM cheki berilmayotganligini vaj qilgan. So‘ngra, g‘aznada turgan NKM apparati va kafega tegishli bo‘lgan tibbiy daftarchani olib qo‘yib, ushbu holatlar yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirmaslik va jarimaga tortmaslik evaziga firibgarlik yo‘li bilan o‘zining jinoiy sherigi, hech qayerda ishlamaydigan fuqaro A.R. orqali 1 mln. so‘m olgan vaqtida departament organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan R.N. va A.R.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring