Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura Yashnoboddagi mudhish qotillik haqida xabar berdi

Bosh prokuratura Yashnoboddagi mudhish qotillik haqida xabar berdi

Foto:«Xabar.uz»

2019-yil 11-aprel kuni Toshkent shahar IIBBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Yashnobod tumanidagi hovli qudug‘i ichidan fuqaro A.X.ning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida ushbu xonadon aslida fuqaro A.I.ga tegishli bo‘lib chiqqan. Shu bilan birga uyda hech kim yashamasligi, taxminan 2018-yilning yanvar oyidan ushbu xonadonda tadbirkorlik maqsadida baliq ko‘paytirilishi, bu yerda marhum A.X. va voyaga yetmagan fuqaro K.Sh. norasmiy ravishda ishlab kelishgan.

10-aprel kuni janjal oqibatida K.Sh. qasddan shu yerda bo‘lgan bolg‘a bilan A.X.ning bosh qismiga bir necha marotaba urib, o‘ldirgan, so‘ngra jinoiy izlarini yashirish uchun murdani hovlidagi quduq ichiga tashlab yuborib, voqea joyidan yashiringan.

Sudga oid tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, A.X. 1 sutka avval olingan og‘ir tan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan yilda Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan voyaga yetmagan K.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi JPKning 345-moddasiga asosan tergov harakatlarini davom ettirishlik uchun Toshkent shahar IIBB HTBga yuborilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring