Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuror: «Eng ko‘p qo‘shib yozish Xorazm, Buxoro va Sirdaryoda»

Bosh prokuror: «Eng ko‘p qo‘shib yozish Xorazm, Buxoro va Sirdaryoda»

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yilning 28-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi Yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.Murodovning hisoboti eshitildi.

Bosh prokuror ayrim mutasaddi idoralar tomonidan yaratilgan yangi ish o‘rinlari va ish bilan ta’minlanganlar haqidagi hisobotlarga qo‘shib yozish holatlari kuzatilayotganini ta’kidlagan.

Jumladan, prokuraturaning nazorat tadbirlarida (15 352 ta) eng ko‘p Xorazm, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida qo‘shib yozish holatlari aniqlanib, ish o‘rinlarining hisobotlardan chiqarilishi ta’minlangan va aybdor shaxslar tegishli javobgarlikka tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, bosh prokuror hisobotida o‘tgan yilda respublikada umumiy jinoyatchilikning 15,7 foizga kamaygani qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring