Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir Abdulla Aripov qo‘shni davlatga boradi

Bosh vazir Abdulla Aripov qo‘shni davlatga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiyasi 2018-yilning 31-may – 1-iyun kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Majlisda MDH doirasida iqtisodiy hamkorlikning dolzarb jihatlarini muhokama qilish, xizmatlarning erkin savdosi istiqbollari va ko‘p tomonlama kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Majlis yakuniga ko‘ra, Hamdo‘stlik hududida ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishni nazarda tutadigan bir qator qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring