Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh vazir Abdulla Aripov Surxondaryodagi maktabga kitoblar sovg‘a qildi

Bosh vazir Abdulla Aripov Surxondaryodagi maktabga kitoblar sovg‘a qildi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 19-mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalari atroflicha muhokama qilingandi.

Yig‘ilishda davlatimiz rahbari aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish masalasiga to‘xtalib, «Har bir rahbar o‘zining shaxsiy kutubxonasidan o‘zi ta’lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilsa, bu yaxshi tashabbus bo‘lib kitobxonlikni rivojlantirish bilan farzandlarimiz tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi», deb ta’kidladi.

Darhaqiqat, o‘sib-unib kelayotgan yigit-qizlar jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, ma’lum bir yutuqlarga erishgan kishilarga havas qiladi, ularga o‘xshashga intiladi, ortidan ergashadi. Ular tomonidan sovg‘a qilingan kitoblar albatta o‘qiladi, asrab-avaylanadi, qadrli sovg‘a sanaladi.

Prezidentimiz tashabbusi o‘laroq O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Abdulla Aripov Surxondaryo viloyatiga safari davomida viloyatning Jarqo‘rg‘on tumani Kakaydi qo‘rg‘onidagi 5-maktabda bo‘lib, maktab kutubxonasiga o‘z shaxsiy kutubxonasidan kitoblar sovg‘a qildi.

Ushbu kitoblar maktab o‘quvchilarining yanada chuqur bilim olishi, dunyoqarashini kengaytirishiga xizmat qilishi aniq.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali ham ushbu tashabbusga qo‘shiladi va saytning barcha foydalanuvchilarini xayrli ishni amalga oshirishga chorlab qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring