Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh vazir Abdulla Aripov uchragan YTH bo‘yicha rasmiy xabar berildi

Bosh vazir Abdulla Aripov uchragan YTH bo‘yicha rasmiy xabar berildi

Bugun, 20-avgust kuni soat 09:30 larda haydovchi (1987-y.t.) B.S. boshqaruvida bo‘lgan “DAMAS” rusumli avtomashinasida Toshkent viloyati Bekobod tumani Zafar qo‘rg‘oni tomonidan Bekobod shahar tomoniga harakatlanib ketayotib, Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod avtomobil yo‘lining 92 km.da boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan.

Oqibatda Bekobod shahridan Bekobod tumani Zafar qo‘rg‘oni tomon harakatlanib kelayotgan haydovchi (1952-y.t.) R.T.ning boshqaruvidagi “Mercedes-Venz” rusumli avtomashinaning chap yon tomoniga to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

To‘qnashuv oqibatida “Mercedes-Venz” rusumli avtomashina haydovchisi R.T. hamda uning ikki nafar yo‘lovchisi — A.Sultonov (1968-y.t.) va U.Qurbonov (1975-y.t. ), shuningdek, “DAMAS” rusumli avtomashina haydovchisi B.S. va uning yo‘lovchisi A.M. (1985-y.t.) jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida “Mercedes-Venz” rusumli avtomashina yo‘lovchisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov sog‘lig‘ining buzilishiga sababchi bo‘lmagan yengil tan jarohati olgan.

Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida jarohat olganlarning barchasiga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ularning sog‘lig‘i qoniqarli holatda bo‘lib, hayoti va sog‘lig‘iga xavf soluvchi jarohatlar aniqlanmagan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring