Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh vazir ingliz tiliga e’tibor berilib, boshqa tillar chetda qolganini ta’kidladi

Bosh vazir ingliz tiliga e’tibor berilib, boshqa tillar chetda qolganini ta’kidladi

Foto:«O‘zA»

Bugun, 21-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida xalq ta’limi tizimi muammolariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Yig‘ilishda ishtirok etgan «Xabar.uz» muxbirining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov chet tillari o‘qitishdagi muammolarni ham tilga olgan.

— Avvallari tumanlarda nemis, fransuz tillariga ixtisoslashtirilgan maktablar, yaxshi dars beradigan, bu borada katta muvaffaqiyatlarga erishgan o‘qituvchilar bor edi. Keyingi vaqtlarda ingliz tilini kuchaytiramiz deb, ularni ham ingliz tili o‘qituvchisi qilib yubordik. To‘g‘ri, ingliz tiliga e’tibor berish yomon emas. Lekin hozir viloyatlarda rus tilidan dars beradigan o‘qituvchilar yetishmaydi. Chet elda esa maktabni bitirayotgan o‘quvchi 4 ta til biladi. Biz esa borini yo‘q qildik, yangisini qurmadik, — dedi Bosh vazir.

Bundan tashqari Abdulla Aripov yangi ta’lim tizimini shakllantirish borasidagi yangi struktura bo‘yicha takliflar 10 kun ichida qabul qilinishi va Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosarlari vazifasini bajaruvchilar struktura tasdiqlanmaguncha, o‘rinbosar lavozimiga tasdiqlanmasligini bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring