Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Boysun bahori»ning eng zo‘r polvoniga «Neksiya-Ravon» berildi

«Boysun bahori»ning eng zo‘r polvoniga «Neksiya-Ravon» berildi

Foto: O‘zA

Boysun tumanida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Surxondaryo viloyati hokimligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan «Boysun bahori» ochiq folklor festivali doirasida arqon tortish, varrak sayli, xo‘roz, qo‘chqorlar jangi, kurash kabi qiziqarli xalq o‘yinlari tashkil etildi.

O‘zA xabariga ko‘ra, milliy qadriyat va an’analarimiz o‘z aksini keng namoyon etgan kurash musobaqasida mamlakatimizning turli hududlari va qo‘shni davlatlardan kelgan yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan polvonlar keng maydonda o‘zaro kuch sinashdi. Kuchi, chaqqon va epchilligi bilan raqiblaridan ustun kelgan polvonlar turli sovrinlar bilan taqdirlandi.

Eng sara, kuchli polvonlar bahsida Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida yashaydigan Samijon Ubaydullayev mutloq g‘olib bo‘ldi va festivalning oliy sovrini «Neksiya-Ravon» yengil avtomashinasini qo‘lga kiritdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring