Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Braziliya milliy muzeyida yirik yong‘in: 200 yillik mehnat barbod bo‘ldi (foto+video)

Braziliya milliy muzeyida yirik yong‘in: 200 yillik mehnat barbod bo‘ldi (foto+video)

Foto: «bbc.com»

Rio-de-Janeyroda Braziliyaning 200 yillik qadimiy milliy muzeyida yong‘in sodir bo‘ldi. Unda 20 milliondan ortiq qimmatbaho eksponatlar saqlangan.

Muzeyda Braziliya va boshqa davlatlar tarixi haqida ma’lumot beruvchi minglab eksponatlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan edi. Ushbu eksponatlarning katta qismi yonib ketgan. Muzey direktori o‘zining intervyusida hodisani madaniy fojea deb atadi.

Пожар

«200 yillik tadqiqot ishlari va bilim barbod bo‘ldi»,- deb yozgan Braziliya prezidenti Mishel Temer o‘zining «Tvitter»ida.

«Bu barcha braziliyaliklar uchun qayg‘uli kun. Tariximiz qiymatini binoga yetkazilgan talofot bilan o‘lchab bo‘lmaydi»,- qo‘shimcha qilgan u.

Национальный музей Бразилии, пожар

Muzeyga 1818 yilda Portugaliya qiroli Juan VI asos solgan. Shu yili muzey o‘zining 200 yilligini nishonlagan edi. Unda Qadimgi Misr tarixini aks ettiruvchi eksponatlar, Shimoliy va Janubiy Amerikadagi eng yirik hayvonlar, minerallar, toshlar, mumiyolar, hindular idish-tovoqlari kolleksiyasi, meteorit bo‘lagi, dinozavr suyaklari va mintaqada topilgan eng qadimiy ‒ 12 ming yillik ayol skeleti hamda ko‘plab boshqa muhim tarixiy buyumlar bo‘lgan.

Пожар в музее

Yong‘in muzey yopilganidan so‘ng yuzaga kelgan va tezda butun bino bo‘ylab tarqalgan. Hozircha o‘t ketishi sabablari noma’lum.

«BBC» muxbirining yozishicha, ushbu muzey xodimlari anchadan buyon moddiy yordamning kamligidan shikoyat qilib kelishgan. Davlat muzeydagi muammolarga e’tiborsiz qaragan va natijada bir necha ming yillik tarix kulga aylangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring